2015-yil 11-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekdi, deb xabar bermoqda “Xushnudbek.uz”.
Farmonga ko‘ra, Ikromov Muzraf Mubarakxodjayevich Adliya vazirining yangi rahbari sifatida tayinlangan.
Bungacha Adliya vaziri sifatida Nig‘matilla Yuldashev faoliyat olib borayotgandi. 2015-yil 20-yanvardagi Prezident farmoniga ko‘ra, N. Yuldashev Senat a’zosi etib tayinlangan va keyinchalik Senat raisi sifatida saylangan edi.
Izoh (0)