AQSh geologiya xizmati dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan yili O‘zbekistonda 102 tonna oltin qazib olingan, deb yozadi “UZ24” Mining-journal.com nashriga tayanib.
2013-yilda O‘zbekiston 98 tonna oltin ishlab chiqarib, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida sakkizinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2014-yilda 102 tonna bilan yettinchi pog‘onani band etdi.
Dunyoda oltin qazib olish bo‘yicha yetakchi davlatlar beshligiga Xitoy, Avstraliya, Rossiya, AQSh va Peru kirdi.
O‘zbekistonda oltin ishlab chiqarish bilan Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari shug‘ullanadi.
Izoh (0)