“Kasperskiy laborotoriyasi” xodimlari WhatsApp messenjerining kompyuter uchun dasturi ko‘rinishida troyan virusi tarqalayotganini aniqladi. Bu haqda laboratoriyaning rasmiy blogi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tovlamachilar WhatsApp’ning Web versiyasiga qiziqish kattaligidan foydalanib, u taqdim etilishidan oldinoq messenjerning Windows uchun yolg‘on versiyasini soxta domenlar orqali tarqata boshlagan.
Алярма! По Сети начали распространяться фишинговые письма с троянцем под видом программы WhatsApp для PC: http://t.co/fDtgzCvrHf
— Kaspersky (@Kaspersky_ru) January 21, 2014
Shu ko‘rinishda kompyuterga o‘rnatilgan troyan dasturi bank ma’lumotlariga zarar yetkazishi mumkin. Bundan tashqari, mobil messenjerdan telefon raqamlarini yig‘ish uchun foydalangan tovlamachilar ham mavjud bo‘lib, kelajakda foydalanuvchilarni pullik SMS-xabarlarga ulab, pul undirishlari mumkin.
Izoh (0)