Boston Dynamics mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan Spot ismli robot aks etgan yangi rolik YouTube’da bir kecha-kunduzda yarim milliondan ziyod marta tomosha qilindi, deb yozadi “Rossiyskaya gazeta”. 2013-yildan buyon ushbu kompaniya Google tarkibiga kiradi.
Spot harakatlanish uchun to‘rtta oyoqqa ega bo‘lib, ko‘plab elektrli va gidravlik uzatmalardan iborat. Doimiy ravishda aylanib turuvchi sensorli bosh makonda mo‘ljal olishga yordam beradi. Spot’ning og‘irligi deyarli 72 kilogrammni tashkil etadi, hajmi yirik itniki bilan teng. Taxmin qilinishicha, robot inson uchun xavfli bo‘lgan joylarga yuk yetkazishda ishlatilishi mumkin.
Izoh (0)