Butun meteorologik kuzatuvlar tarixida 2014-yil eng issiq yil bo‘ldi, deya xabar bermoqda “TASS” Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT)ga tayanib.
Dunyodagi ob-havoni kuzatish bo‘yicha yetakchi markazlar ma’lumotlarini umumlashtirib, JMTning Jenevadagi bosh qarorgohi 2014-yilda quruqlikdagi va dengiz yuzasidagi global harorat 1961—1990-yillardagi davr mobaynida kuzatilgan 14 darajadan 0,57 daraja (Selsiy bo‘yicha) balandroq bo‘lganini xulosa qildi.
Shu bilan birga, mutaxassislar 2014-yildagi ob-havo boshqa eng issiq yillarga nisbatan darajaning bir necha yuzdan bir ulushigagina farq qilishini ta’kidladi. Misol uchun 2005-yilda harorat o‘rtacha qiymatdan 0,54 darajaga, 2010-yilda esa 0,55 darajaga balandroq bo‘lgan.
Izoh (0)