Yaponiya oliy sudi 2008-yilda yetti kishini o‘ldirib, yana o‘n kishini yaralagan Tomoxiro Katoni o‘lim jazosiga mahkum etdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Kato Tokioning Akixabara tumanidagi gavjum ko‘chalardan birida 2008-yilning iyunida yuk mashinasida paydo bo‘lgan, piyodalar yo‘lini kesib chiqib, ularga pichoq bilan hujum qilgan edi.
Politsiya tomonidan qo‘lgan olingan 26 yoshli Kato Tokioga Sijuoko prefekturasidan ataylab kelganini, hayotga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotgani tufayli kimnidir o‘ldirmoqchi bo‘lganini aytgan edi.
Tokio okrug sudi 2011-yilning martidayoq Katoni o‘limga mahkum etgan, biroq advokatlar hukmdan norozi bo‘lib shikoyat arizasi bergan edi.