Uzoq yillar davomida kuniga ikki qutidan sigareta chekkan 45 yoshli xitoylik Go Lyu miyadan kuchli qon ketishi natijasida kasalxonaga tushib qoldi. Bir necha kundan so‘ng esa shifokorlar erkakning qarindoshlariga uning yurak xurujidan vafot etganini ma’lum qildi. Biroq keyinroq ma’lum bo‘lishicha, doktorlar adashgan ekan. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
O‘zining dafn marosimida Lyu tasodifan xirillab, yig‘lab yubordi. Erkakni yana jonlantirish bo‘limiga olib ketishdi. Ayni paytda u kecha-kunduz shifokorlar nazorati ostida, biroq Lyu normal hayotga qaytish-qaytmasligi noma’lum.