Barak Obama 1-fevral, yakshanba kuni Amerikaning NBC telekanaliga bergan intervyusida sobiq davlat kotibi Hillari Klinton va vitse-prezident Jozef Baydenni “birday yaxshi ko‘rishi”ni aytdi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Klinton va Bayden 2016-yildagi prezident saylovlarida Demokratik partiyadan nomzod bo‘lishi kutilayotgan siyosatchilar hisoblanadi.
Intervyu so‘ngida jurnalist prezident uchun blits-so‘rov uyushtirdi. Unda Obama savolga berilgan ikkita variantdan birini javob sifatida tanlashi lozim edi.
“Hillari Klintonmi yoki Jozef Bayden?” — degan savolga javoban, AQSh prezidenti: “Ikkalasiniyam yaxshi ko‘raman. Meni tuta olmadingiz”, — dedi.