Saudiya Arabistoni yangi qiroli Salmon ibn Abdul Aziz mamlakat rahbariyatida muhim o‘zgarishlarni amalga oshirdi, deb xabar beradi “Interfax.ru”.
Qirol farmoni bilan shahzoda Xolid ibn Bandar ibn Abdul Aziz Saudiya Arabistoni razvedka xizmati boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Bundan tashqari, shahzoda Bandar ibn Sulton Saudiya Arabistoni Milliy xavfsizlik kengashi bosh kotibi lavozimidan ozod etildi.
Saudiya Arabistoni sobiq qirolining ikki o‘g‘li ham lavozimlaridan ozod etildi – shahzoda Mashaal Makka viloyati gubernatorligidan, shahzoda Turkiy esa mamlakat poytaxti Ar-Riyod shahri hokimi lavozimidan chetlashtirildi. Abdulla ibn Abdul Azizning yana bir o‘g‘li – shahzoda Miteb Milliy gvardiya vaziri lavozimidan ozod etildi.
Eslatib o‘tamiz, Salmon ibn Abdul Aziz bir hafta oldin, 23-yanvarda, avvalgi qirol Abdulla ibn Abdul Aziz vafotidan so‘ng taxtga o‘tirdi.
Izoh (0)