Ispaniya Futbol Federatsiyasi agar hukumat federatsiyaning moliyaviy ishlariga aralashishni davom ettirsa chempionat bahslarini to‘xtashini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Ispaniya Futbol Federatsiyasi shuningdek, hukumat tomonidan bolalar va o‘smirlar futboliga yetarlicha e’tibor berilmayotganini ta’kidladi.
Ispaniya sporti Oliy Kengashi (CSD) esa hukumat shunchaki federatsiyadan byudjet qay tariqa taqsimlanayotgani borasida ma’lumot talab qilayotganini aytib o‘tgan. Agar federatsiya rasmiylari bu talabni bajarishmasa, u holda hukumat sud orqali murojaat qilishi mumkinligi aytilmoqda.
Izoh (0)