O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi Respublika Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida paralimpiya sport turlarini yanada targ‘ib etish maqsadida poytaxtimizdagi barcha ixtisoslashgan sport internatlarida joriy yilning yanvar va fevral oylari sport bayramlarini o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur sport bayramlari 100, 101, 102 va 106-son maxsus maktab internatlarida, shuningdek, ko‘zi ojiz bolalar maktabi hamda Respublika ixtisoslashgan professional kollejida Paralimpiyaning dzyudo, yengil atletika, voleybol, mini futbol, shaxmat, stol tennisi, shashka kabi sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun quvnoq startlar musobaqalari tashkil etiladi.
Musobaqalar g‘olib va sovrindorlariga tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan esdalik sovg‘alari topshiriladi.
Izoh (0)