Turkiya poytaxti Anqara shahrining Gelbashi tumani prokuraturasi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarni haqoratlovchi materiallar chop etilishi bo‘yicha tergov boshladi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Rasmiylar servis rahbariyatidan tegishli materiallar joylashtirilgan alohida sahifalarga kirishni bloklab qo‘yishni so‘ragan. Ushbu talab bajarilmasa, ijtimoiy tarmoqning Turkiya segmenti butunlay yopib qo‘yiladi.
Bu provayderlar orqali bog‘lanishlarni filtrlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Sud qarori telekommunikatsiya boshqarmasi va Turkiya provayderlar ittifoqiga topshirilgan.
Izoh (0)