Telefon bezorilari Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron va “Hukumat aloqalari shtabi” qirollik elektron razvedkasi rahbari Robert Xanniganga qo‘ng‘iroq qilib tushdi. Bu haqda SkyNews telekanaliga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Ushbu holat yuzasidan hukumat shoshilinch tartibda xavfsizlik protokollarini ko‘rib chiqmoqda.
Ta’kidlanishicha, o‘zini Xannigan deb tanishtirgan noma’lum kishini Kemeronning mobil telefoniga ulab berishgan. Bosh vazir o‘zini razvedka boshlig‘i deb tanishtirgan kishi aldaganini tushungach, telefonni o‘chirib qo‘ygan.
Hukumat rahbari kanselyariyasidan xabar berilishicha, suhbat qisqa bo‘lgan va unda hech qanday maxfiy axborot fosh qilinmagan.
Izoh (0)