Buyuk Britaniyada yepiskoplik unvoni tarixda birinchi marta ayol kishiga berildi, deya xabar bermoqda “TASS”. U bungacha Chester yeparxiyasida vikariy lavozimini egallab kelgan Libbi Leyn bo‘ldi.
Angliya shimolida joylashgan York shahri soboridagi tantanali marosim tashkilotchilar rejalashtirgani kabi silliq kechmadi. Marosim boshlanganidan taxminan bir soat o‘tib, York arxiyepiskopi to‘planganlardan Leynga ushbu martaba berilishiga rozi ekanliklarini so‘raganida mojaro yuzaga keldi.
Ikki mingga yaqin ruhoniy qarorda ko‘zda tutilganidek, “ha” deb javob bergan bo‘lsa-da, ulardan biri o‘z noroziligini ochiq-oydin izhor etishga qaror qildi. Erkak mehrob yoniga kelib: “Bunaqasi Injilda aytilmagan, men ayol kishi yepiskop bo‘lishiga qarshiman”, — dedi.
Shunga qaramay, biroz to‘xtalib qolganidan so‘ng marosim davom etdi va Leynga rasman yepiskoplik unvoni berildi.
Izoh (0)