Saudiya Arabistonining Al Katif okrugi jinoyat sudi qirollik hududiga Bahrayndan besh shisha spirtli ichimlik olib kirishga uringan kishini 8 oylik qamoq, 200 darra kaltaklash va avtomobilini musodara qilish jazolariga mahkum qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Bojxona xodimlari Bahrayndan Saudiya Arabistoniga qaytayotgan yigitning avtomobilidan yashirilgan spitrli ichimliklarni topishga muvaffaq bo‘lgan.
Tergov jarayonida sudlanuvchi spirtli ichimlikni sotish uchun emas, o‘zi iste’mol qilishi uchun olib kelishga uringanini tan olgan. Hukmga binoan darra bilan urish jazosi 4 martada − har safar 50 darradan urilib ijro etiladi. Shuningdek, unga ikki yil davomida mamlakat tashqarisiga chiqish taqiqlab qo‘yildi.
Izoh (0)