O‘zbekiston milliy terma jamoasi “B” guruhi uchinchi turida Saudiya Arabistoni terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va guruhda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, chorak final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Mirjalol Qosimov shogirdlari chorak finalda Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 22-yanvar, payshanba kuni Melburn shahrida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.Janubiy Koreya − O‘zbekiston o‘yini Toshkent vaqti bilan soat 12:30 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruhdagi uchinchi tur o‘yinini ham Melburnda o‘tkazgan edi. Shu sababga ko‘ra boshqa shaharga yo‘l olish zaruriyati yo‘q.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozim, “B” guruhida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Xitoy terma jamoasi chorak finalda Avstraliyaga qarshi maydonga tushish uchun Brisben shahriga qaytib ketishi lozim. Xitoyliklar KXDRga qarshi o‘yinni (2:1) Kanberrada o‘tkazgan edilar. Xitoy − Avstraliya o‘yini 22-yanvarda, Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da boshlanadi.
Izoh (0)