Toshkentning “Paxtakor” klubi Turkiyadagi yig‘in doirasidan o‘rin olgan birinchi nazorat o‘yinida g‘alaba qozondi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Qozog‘istonning “Jetisu” klubi bilan maydonga tushgan “Paxtakor” 2:1 hisobida zafar quchdi. Birinchi bo‘limda ustunlik ko‘proq toshkentliklar tarafida bo‘ldi. 20-daqiqada Sohibovning zarbasidan keyin to‘p darvoza ustunidan qaytdi. 35-daqiqada Oraxovats hisobni ochdi. Adnan yaqindagina “Paxtakor” bilan shartnoma imzolagandi. Birinchi bo‘lim oxirida raqib hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo‘limda Babaya tarkibda bir necha o‘zgarish amalga oshirdi. 49-daqiqada Andreyevning zarbasidan keyin to‘p “Jetisu” futbolchisiga tegib, darvoza to‘ridan joy oldi. Ushbu natija o‘yin oxirigacha o‘zgarmadi. Keyingi nazorat bahsini “sherlar” 20-yanvar kuni Rossiyaning “Mordoviya” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
“Paxtakor” — “Jetisu”: 2:1 (1:1)
Gollar: Oraxovats 35, Andreyev 49.
“Paxtakor”: Ribkin, Merzlyakov, Tojiyev (I. Abdullayev, 75), Oraxovats, Hoshimov (Xolmuhammedov, 76), Sohibov (J. Hakimov, 79), Andreyev (Maxaradze, 54), Ismatullayev (Kozak, 62), Karimov (Rahmatullayev, 46), Masharipov (Soliyev, 66), Pardayev (Olimov, 57).
Izoh (0)