Yagona portalda tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etuvchi ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish va qabul qilingan normativ hujjatlarni baholash bo‘yicha yangi tizim ishga tushirilganini xabar bergan edik.
“Index.uz” qayd etishicha, ilk bora ushbu bo‘limda Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga kiritilgan. Hujjat loyihasi “Ochiq davlat ma’lumotlari taqdim etilishini hisobga olgan holda internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining hukumat portalini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” deb nomlangan.
Muhokama jarayonida har bir ishtirokchi hujjatning istalgan moddasi ostiga izoh qoldirishi mumkin. Muhokama yakunlangach, izohlar hujjatni tayyorlash uchun mas’ul organ tomonidan tahlil qilinadi va takliflarni inobatga olish yoki rad etish bo‘yicha qaror qabul qilinadi.
Izoh (0)