Beeline mobil aloqa operatori abonentlariga chet eldan sovrin yutgani haqida spam-xabar kelmoqda. Bu haqda “Daryo”ga mobil muxbir Zafar ma’lum qildi.
“Telefonimga chet el kodi bilan : ‘Поздравляем, вы выиграли, звоните нам сейчас’ (Tabriklaymiz, siz yutdingiz, bizga hoziroq qo‘ng‘iroq qiling) matni bilan xabar keldi. Telefon qilishim bilan, avtomatik javob berildi va aloqa uzildi. Hisobimni tekshirsam katta miqdorda pul yechilgan. Keyin surushtirsam bu holatga tushgan faqat men emas ekanman. Beeline Uz abonentlari, ehtiyot bo‘ling, yolg‘on SMSlar”, − deb yozadi Zafar (muallif matni saqlab qolindi).
Qayd etish joiz, suratda ko‘rsatilgan raqamning kodi +232 Afrika g‘arbida joylashgan Syerra-Leone davlatiga tegishli. Hozircha Beeline’ning boshqa abonentlari bu masalada murojaat qilmagan.
Izoh (0)