Tashqi savdo bilan shug‘ullanadigan yirik o‘zbek kompaniyasi “O‘zinterimpeks” Rossiyaning Tyumen viloyati savdo uyi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi, deb xabar beradi “Kun.uz”.
Tyumen savdo-sanoat palatasi vakillari “O‘zinterimpeks” rahbariyati bilan uchrashuv chog‘ida O‘zbekistondan meva, poliz va sabzovot mahsulotlarini hududga yetkazib berilishi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Rus matbuotida ma’lum qilinishicha, endilikda Tyumen viloyati bozorlari O‘zbekistondan keltirilgan yangi sabzavot, meva va poliz mahsulotlari bilan to‘ldiriladi.
“Biz markaziy osiyolik hamkorlar bilan iqtisodiy kelishuvlarni amalga oshirishni boshlaymiz. Agar hamkorlik samarali kechsa, biz nafaqat oziq-ovqat mahsulotlari bilan, balki boshqa turlarda ham savdolarni yo‘lga qo‘yamiz”, — dedi Tyumen Savdo-sanoat palatasi prezidenti Eduard Abdullin.
“O‘zinterimpeks” kompaniyasining eksport bo‘yicha tahlilchisi Jamshid Yuldashev esa kompaniya tyumenliklar bilan to‘qimachilik sohasida ham iqtisodiy hamkorlik qilish rejasi mavjudligini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zinterimpeks” kompaniyasi tarkibida 8 ta paxta saqlash terminallari mavjud bo‘lib, kompaniya yiliga 160 ming tonna paxta tolasini eksport qiladi.
Izoh (0)