AQShning NASA kosmik agentligi ichida “qora tuynuk” rivojlanib borayotgan ikkita galaktikaning to‘qnashuvi aks etgan suratlarni namoyish etdi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Kollaj Hubble teleskopi va NuSTAR yadroviy spektroskopik teleskopi fotosuratlaridan jamlangan. Suratlardagi Yerdan 134 million yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan ikki galaktikaga Arp 299 umumiy nomi berilgan. Birinchi galaktikaning “qora tuynugi” juftlikning o‘ng tomonida joylashgan bo‘lib, gaz bulutlarini yutish hisobiga o‘sib bormoqda. Ikkinchi tuynuk esa tinchroq holatda yoki gaz va kul tufayli teleskopdan yashiringan.
Olingan natijalar olimlarga ikkita galaktikaning birlashuvi “qora tuynuk”larga qanday ta’sir etishini va ular nega atrofdagi hamma narsani o‘z ichiga yutib ketishini o‘rganishga yordam berishi qayd etilgan.
Izoh (0)