Qutqaruvchilar Yava dengizi tubidan AirAsia aviakompaniyasi samolyotining dum qismini ko‘tarib chiqardi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Samolyot bo‘lagi yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnaga teng havo balloni yordamida tepaga ko‘tarildi. Dengizning ushbu hududidagi to‘lqinlar balandligi taxminan 1 metrni tashkil etadi, bu, ekspertlar so‘zlariga ko‘ra, zarur ishlarni amalga oshirishda xalal bermaydi.
Laynerning dum qismida “qora qutilar” bo‘lishi mumkin, shu tufayli uni o‘rganib chiqish asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
28-dekabrga o‘tar kechasi Indoneziyaning Surabaya shahridan Singapurga yo‘l olgan Malayziyaning AirAsia kompaniyasiga tegishli Airbus 320-200 samolyoti yo‘qolib qoldi.
Samolyotda jami 155 yo‘lovchi bo‘lib, ularning 149 nafari indoneziyalik, uch nafari koreyalik, bir nafari britaniyalik va yana biri malayziyalikdir.
Ayni paytda samolyot parchalarini qidirish ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)