Rossiya Federatsiyasi yaqin orada Ukrainadan unga berilgan 3 milliard dollar miqdoridagi kreditni muddatidan oldin uzishni talab qilishi mumkin. Bu haqda Rossiya hukumatidagi manbasiga tayanib, Meduza xabar berdi.
Manbaning aytishicha, Ukrainaga Rossiya obligatsiya zayomi berilishida qo‘yilgan shartlarning buzilishi tufayli bunday chora qo‘llanishi mumkin.
Qator moliyaviy-iqtisodiy parametrlardan iborat shartlarning buzilgani to‘g‘risida avval ham xabar berilgan edi. Biroq gap aynan qanday qoidabuzarliklar haqida borayotganiga aniqlik kiritilmayapti.
Izoh (0)