Hindistonda shahar taraqqiyoti vaziri Venkayya Naydu oxirgi marta 1990-yil dekabrida ishga chiqqan elektrik muhandisni ishdan haydadi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Ma’lum bo‘lishicha, deyarli chorak asr davomida ishga kelmagan erkak davlat muassasalari uchun binolar qurish bilan shug‘ullanuvchi vazirlik qoshidagi departamentga 1980-yilda ishga joylashgan. O‘n yildan so‘ng u ta’tilga chiqib ketgan va ishda boshqa ko‘rinish bermagan.
1992-yilda tergov ishi boshlangan, u elektrikning ishga kelmay yurganini ko‘rsatgan edi. Biroq departament hech qanday chora ko‘rmadi, erkak ham ishga kelavermadi, shu tufayli u haydalmadi.
Yaqinda uning shaxsiy ishi ma’muriy jazolar to‘g‘risidagi joriy ishlar taftishi yuzasidan yana rahbariyat diqqatini tortdi. 2015-yil yanvaridagina ishchi bilan shartnoma bekor qilindi.
Izoh (0)