Bugun, 12-yanvar kuni Hindistonda rasmiy tashrifda bo‘lib turgan AQSh davlat kotibi Jon Kerri mingan mashina bilan yo‘l transport hodisasi qayd etildi. Bu haqda delegatsiya a’zolaridan biri, Jon Kerrining yordamchisi Jen Psakining so‘zlariga asoslangan Reuters axborotiga tayanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.
“Biz Ahmadobod aeroporti tomon harakatlanayotgan edik. Yo‘lda kortej safidagi ikki mashina ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Ulardan birida Jon Kerri o‘tirgan edi”, — dedi Psaki.
Ushbu kichik avariya natijasida hech kim shikastlanmagan, faqat mashinalardan biri kortejdan tushirib qoldirilgach, yo‘lda davom etilgan.
Izoh (0)