AQSh Saudiya Arabistonida bloger va huquq muhofazachisi Raif Badaviga nisbatan chiqarilgan 10 yillik qamoq va 1 ming darra qamchi jazosi haqidagi hukm vahshiyona deb hisoblaydi. Bu haqda AQSh davlat departamenti rasmiy vakili Jen Psakiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qirollik Badavini “so‘z va din erkinligi huquqidan foydalangani uchun” jazolagan. “AQSh hukumati Saudiya Arabistoni hukumatini ushbu shafqatsiz jazoni bekor qilib, Badavi ishi va hukmini qayta ko‘rib chiqishga chaqiradi”, — dedi Psaki kundalik brifing chog‘ida.
Shu bilan birga, u jurnalistlarning Saudiya Arabistoni hukmni amalga oshirsa, Vashington qanday chora ko‘rishi haqidagi savollariga javob bera olmadi.
Izoh (0)