AQShning mashhur The New York Times gazetasi Qirg‘iziston va O‘zbekiston nomlarini chalkashtirib yubordi va o‘z sahifalarida mavjud bo‘lmagan mamlakat — Qirzbekistonni tilga oldi. Bu haqda “UZ24” xabar bermoqda.
Gazeta xato o‘tkazib yuborgan maqola Qirg‘izistondagi Putin tog‘iga chiqqan ikki qoyachiga bag‘ishlangan edi. Nashrning xatosi shu zahoti mushtariylar e’tiboriga tushdi, ular Tvitterda #Kyrzbekistan heshtegi bilan ommaviy aksiya uyushtirdi. Ularning ko‘pchiligi ushbu yangi mamlakatga borib dam olib kelishni istashi haqida yozdi.
https://twitter.com/MirrorOfMirrors/status/553196601305751552
Keyinroq gazeta tuzatma haqida e’lon chiqardi, unda maqolada xatoga yo‘l qo‘yilgani, mamlakat aslida “Qirzbekiston” emas, “Qirg‘iziston” deb atalishi ma’lum qilindi.
Izoh (0)