Charlie Hebdo satirik jurnaliga hujum uyushtirgan terrorchilar Parij shimoli-sharqida joylashgan Sen-e-Marn departamentida joylashgan Dammarten-an-Goel shahridagi nashriyot binosida bir kishini asirga olib yashiringan, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Bino politsiya tomonidan qurshab olingan, oldinroq politsiya va gumondorlar o‘rtasida otishma bo‘lgan. Parij ichki ishlar boshqarmasi Sen-e-Marnda maxsus operatsiya boshlanganini tasdiqlagan. CNN telekanalining Fransiya rasmiylariga asoslanib bergan xabariga ko‘ra, operatsiyaga mamlakat bo‘ylab 80 ming politsiyachi jalb qilingan.
Mahalliy aholi osmonda politsiya vertolyotlari paydo bo‘lganini ma’lum qilgan. Atrofdagi shaharlar rahbariyatlari aholini o‘z uylarini tark etmaslikka chaqirmoqda. Operatsiya munosabati bilan Parijning Ruassi aeroporti ikkita uchish-qo‘nish yo‘lagini yopib qo‘ygan.
Izoh (0)