Buyuk Britaniya Parijdagi terrorchilik harakatidan so‘ng chegaraning ba’zi hududlarida xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar berdi.
Xususan, portlar va Fransiyadan poyezdlar yetib keladigan temir yo‘l stansiyalari kuchli qo‘riqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 7-yanvar kuni Charlie Hebdo satirik haftanomasining Parij shahridagi tahririyatiga uyushtirilgan hujum oqibatida 12 kishi halok bo‘lib, 11 kishi jarohat olgan edi.
8-yanvarda esa Fransiya sharqidagi Vilfransh-syur-Son shahrida restoran, Le Man shahrida esa masjid portlatildi.
Izoh (0)