O‘zbekiston Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlariga 2014-yilda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha jami 4725 ta murojaat kelib tushdi. Bu haqda Qo‘mita matbuot xizmati ma’lumotlariga tayanib, Kun.uz xabar beradi.
Qayd etilishicha, bu 2013-yilgi ko‘rsatkich (4398) dan 327 taga ko‘p.
“Hanuzgacha murojaatlarning aksariyati kommunal xizmatlar sohasiga tegishli bo‘lib, ularning ulushi kelib tushgan murojaatlarning 63,4 foizga teng”, — deyiladi qo‘mita xabarida.
Savdo-sotiq va umumiy ovqatlantirish sohalaridagi murojaatlar o‘tgan yilga nisbatan 3 o‘ringa pasaygan va 16,4 foizni tashkil qilgan. Transport, aloqa va boshqa sohalar bo‘yicha ko‘rsatkichlar o‘tgan yilgi 9,7 foiz darajasida qolgan.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasida iste’molchilarning hisobiga 1,215 milliard so‘m qayta hisob-kitob qilib berilgan.
Murojaatlarning 3010 tasi yozma bo‘lib, shundan 2649 tasi (88 foizi) iste’molchilar hisobiga hal qilindi va 1,113 milliard so‘m mablag‘ qayta hisob-kitob qilindi.
Ishonch telefonlari orqali tushgan jami 1715 ta murojaatning esa 984 tasi iste’molchilar hisobiga hal qilindi va 101,3 million so‘m qayta hisob-kitob qilindi. Qolgan 736 ta murojaatga tegishli tushuntirishlar berildi.
Izoh (0)