6-yanvardan 7-ga o‘tar kechasi O‘zbekiston bosh pravoslaviye ibodatxonasi — Toshkentdagi Uspenskiy kafedral soborida Rojdestvoga bag‘ishlangan bayram ibodati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.
Liturgiya O‘rta Osiyo mitropolit okrugi rahbari Toshkent va O‘zbekiston mitropoliti Vikentiy tomonidan olib borildi.
5000 dan ziyod kishi ishtirok etgan ibodatdan so‘ng mitropolit Vikentiy dindorlarga murojaat qilib, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston (ushbu mamlakatlar yeparxiyalari O‘rta Osiyo mitropolit okrugiga birlashgan).
Rojdestvo tantanalari Toshkentda 15-yanvargacha davom etadi. Bayram tadbirlari doirasida Rojdestvo konserti va bolalar uchun arxiyerey archa bayramlari o‘tkaziladi.
Izoh (0)