Fransiya poytaxti Parij shahrida joylashgan Charlie Hebdo satira gazetasi binosida noma’lum shaxslar o‘t ochishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Bundan tashqari, guvohlar yana 5 kishi jarohat olganini ma’lum qilgan. Guvohlardan birining so‘zlariga ko‘ra, Kalashnikov avtomatlari va granatomyot bilan qurollangan ikki nafar shaxs Parijning 11-mavzesida joylashgan ofisga kirib olgan.
Shuningdek, ular avtomobilda qochishga urinayotgan vaqtda ko‘chada piyodani ham urib ketgan.
Izoh (0)