BMTning qochoqlar muammosi bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi 2014-yil davomida dunyo bo‘yicha 46,3 million kishi qochqinga aylanganini ma’lum qildi. Bu esa rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu haqda tashkilot ma’lumotiga asoslangan “RIA Novosti” agentligiga tayanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.
“2014-yilgi hisob-kitoblarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘lganlar soni misli ko‘rilmagan darajada o‘sgan”, — dedi BMTning qochoqlar ishi bo‘yicha komissari Antoniu Guterresh.
Ushbu miqdorning o‘sishiga asosiy sabab sifatida Yaqin Sharq va Afrikadagi harbiy mojarolar keltirib o‘tiladi.
Shuningdek, BMT ma’lumotida 2015-yilda bu qochoqlarga yordam uchun 16 milliard dollar talab qilinishi qayd etilgan.
Izoh (0)