Sharqiy Xitoy qirg‘oqlari yaqinida ikki kema to‘qnashib ketishi natijasida, kamida sakkiz kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Suv tubini qaziydigan mashinaga to‘qnashib ketgan baliq ovlash kemasi Xitoy shimoli-sharqidagi Boxay ko‘rfazida (Sariq dengiz) suvga g‘arq bo‘lgan”, − deb keltiriladi xabarda.
Lyaonin hududi qutqaruvchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, traulerning 8 nafar ekipaj a’zosidan faqat birigina qutqarilgan. Qolgan dengizchilar 14 ta kater va vertolyot yordamida qidirilmoqda.
Izoh (0)