Samarqand shahrida 24-son bolalar musiqa va san’at maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi, deb xabar bermoqda “Zarafshon” nashri.
Panjakent ko‘chasidagi 150 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur ta’lim dargohida musiqa va san’atning xalq cholg‘u asboblari, amaliy va tasviriy san’at kabi sakkiz yo‘nalishi bo‘yicha 116 nafar o‘quvchi saboq olmoqda.
Yangi ta’lim maskanining qurilishi Pastdarg‘om tumanidagi “Temir Qalqon” mas’uliyati cheklangan jamiyati bunyodkorlari tomonidan amalga oshirildi. Qurilish-pudrat ishlari uchun 2 milliard 700 million so‘m mablag‘ sarflandi.
Izoh (0)