“Jizzax” maxsus industrial zonasi hududida bir qancha investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda, deb yozadi UzDaily.
O‘zbekistondagi Buy Fitting Product MChJ va Xitoyning Urumqi Partnec Biotechnologies Co. Ltd kompaniyasi 4 million dollarlik loyihani hamkorlikda amalga oshirmoqda. Shuning 3,5 million dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir.Sheriklar polipropilen quvurlar, fitinglar, jo‘mraklar va quvurlar montaji uchun boshqa aksessuarlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Dastlabki paytda mahalliylashish darajasi 24 foizni tashkil etadi, ishlab chiqariladigan mahsulotning 40 foizini eksport qilish ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)