Malayziyaning AirAsia aviakompaniyasiga qarashli samolyot halokatga uchragan hududda 6-yanvar kuni indoneziyalik g‘avvoslar guruhi ish boshladi. Bu haqda “Interfaks” xabar qilmoqda.
Qidiruv hududida ob-havo nisbatan yaxshilandi. Hozircha qutqaruvchilar suvdan 37 nafar halok bo‘lgan yo‘lovchilarning tanalarini olib chiqishga muvaffaq bo‘lishdi, biroq “qora quti” hanuzgacha topilmagan.
Qidiruv kemalaridan birining kapitani uning jamoasi fuzelyajning orqa qismiga o‘xshash bo‘lakni topganini xabar qildi. Samolyotdagi “qora quti” aynan shu yerda joylashgan, ammo bu xabar rasman tasdiqlanmagan.
Izoh (0)