Hindiston politsiyasi yaponiyalik sayyoh qizni o‘g‘irlab ketishda va zo‘rlashda ayblanayotgan besh erkakni hibsga oldi, deya xabar bermoqda Interfax.
22 yoshli qurbon so‘zlariga ko‘ra, noyabr oxirida o‘zini gid deb tanishtirgan erkak qizga Bixar shtatidagi budda ibodatxonasiga sayohat tashkil qilish uchun o‘z xizmatlarini taklif etgan. Qiz “gid” bilan manzilga yetib kelganida, uni erkakning ikki sherigi qarshi olgan.
Qizni zo‘rlagan uch o‘g‘ri uni 12 kun davomida saqlab turgan.
Oxir-oqibat qiz qochib ketishga va Yaponiya elchixonasiga, so‘ng politsiyaga murojaat qilishga muvaffaq bo‘lgan. Tez orada uch zo‘ravon va ushbu ishga aloqador bo‘lgan yana ikki kishi qo‘lga olindi.
Izoh (0)