AQSh prezidenti Barak Obama o‘zining an’anaviy Rojdestvo va Yangi yil bayramlaridagi ta’tilini Gavayi orollarida o‘tkazib, Vashingtonga qaytdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
5-yanvar, dushanba kunidan AQSh prezidenti to‘liq ishlashni boshladi. 6-yanvar, seshanba kuni u Meksika prezidenti Enrike Penya Nyetoni qabul qilsa, haftaning qolgan kunlarida Michigan, Arizona va Tennessi shtatlariga ishchi tashriflarni amalga oshiradi.
Tashriflar doirasida Obama aholini iqtisodiy islohotlar samaradorligiga ishontirishga urinishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ular 20-yanvar kuni Kongress Senati va Vakillar palatasi oldidagi chiqishida qiladigan mamlakatdagi ahvol to‘g‘risidagi yillik murojaatga tayyorgarlik vazifasini o‘tashi ham qayd etilgan.
Izoh (0)