Indoneziya tabiiy ofatlarning oldini olish milliy agentligi ma’lum qilishicha, Sumatra oroli shimolida joylashgan Sinabung vulqoni 3 kilometr balandlikkacha tutun ustuni hosil qila boshlagan, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Qayd etilishicha, Sinabung vulqoni otilishiga o‘rganib qolgan mahalliy aholi xotirjamlik saqlamoqda. Vulqonga bevosita yaqin hududda yashovchi aholini evakuatsiya qilish ishlari yakunlangan. Umumiy hisobda 2,4 ming kishi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan. 3-yanvarning o‘zida 20 martadan ko‘p tutun otilgani ma’lum qilingan.Ma’lumot uchun, Medan shahridan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan Sinabung vulqonining dengiz sathidan balandligi 2460 metrni tashkil etadi. 400 yillik jimlikdan keyin vulqon birinchi marta 2010-yilda otilgan bo‘lsa, keyin bu holat yana 2013-yilda, shuningdek, 2014-yil boshi va o‘rtasida takrorlangan.
Izoh (0)