Klassik mexanik soatlar chiqarishga ixtisoslashgan Montblanc kompaniyasi ham klassika, ham zamonaviylik tarafdorlarini xursand qilish maqsadida mexanik soatlar uchun e-Strap “aqlli” bog‘ichlarni taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Shunday qilib, smart soatlarga nafaqat yirik texnologiyalar kompaniyalari, balki klassik soat ishlab chiqaruvchilar ham e’tibor qarata boshladi. Aksessuarni alohida yoki Timewalker Urban Speed soati bilan birgalikda sotib olish mumkin.
Teridan ishlangan bog‘ich elektron modulga ega bo‘lib, taqilganda u ichki qismda qoladi. Android yoki iOS tizimida ishlovchi smartfonlar bilan bog‘langach qurilma kirish qo‘ng‘iroqlari, xabarlar, bildirishnoma, eslatmalarni aks ettirishi, musiqa o‘qishini boshqarish imkonini berishi mumkin. Istiqbolda qadam va kaloriyani o‘lchash ham rejalashtirilmoqda.
Kompaniya qurilma 5 kungacha avtonom ishlashiga va’da bermoqda. Shuningdek, modul tashqi ta’sirlarga chidamli qilib ishlangan. Bunday bog‘ichli soatlar narxi 3 ming yevrodan boshlansa, qurilmaning o‘zi 250 yevro turishi qayd etilgan.
Izoh (0)