Ba’zi tadqiqotlarga ko‘ra, samolyotda uchishdan qo‘rqish aeroportdagi xavfsizlik masalalari eslanganda yanada kuchayadi. Fishki.net blogi qo‘rquv samolyotga o‘tirishdan ancha oldin boshlanadigan aeroportlar ro‘yxatini tuzib chiqdi.
Qirol Fahd xalqaro aeroporti, Saudiya Arabistoni
Bu egallagan hududi bo‘yicha dunyodagi eng yirik aeroport bo‘lib, maydoni 700 kvadrat kilometrdan ortiq. Aeroport hududi shunchalik kattaligidan, hattoki uchuvchilar ham ba’zida u qayerda boshlanib, qayerda tugashini aytishga qiynalib qoladi. Chunki, aeroport sahro bilan birlashib ketgan.
Klivlend Xopkins xalqaro aeroporti, AQSh
Ushbu aeroportning texnik yoki joylashgan hududi jihatdan yomon tarafi yo‘q. Biroq bu yerda eng mas’uliyatsiz xodimlar ishlashi aytilgan. Jumladan, bir necha marta tungi dispetcherlar parvozlarni boshqarish o‘rniga kino ko‘rish, uxlash yoki o‘yin o‘ynash bilan mashg‘ul bo‘lganlikda ayblangan.
Vellington xalqaro aeroporti, Yangi Zelandiya
Ushbu aeroportga qo‘nish juda xavfli hisoblanadi. Qo‘nish yo‘lagi atigi bitta va juda tor, bundan tashqari u dengizda tugaydi. Shunga qaramay, bu dunyodagi eng chiroyli aeroportlardan ham biridir.
Los-Anjeles xalqaro aeroporti, AQSh
Bir necha marta AQShdagi eng xavfli aeroport deb topilgan Los-Anjeles aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagida tug‘iladigan xavflar bo‘yicha uchuvchi va dispetcherlarni o‘qitish amalga oshiriladi.
Agatti aeroporti, Lakshadvip, Hindiston
Barcha tomonidan Hind okeani bilan o‘ralgan ushbu aeroportning uzunligi bor-yo‘g‘i 1219 metrni tashkil etadi.
Savanna xalqaro aeroporti, Xilton Xed, AQSh
Bu aeroport ro‘yxatdagi boshqa aeroportlar kabi xavfli emas. Biroq uning 10-yo‘lagida ikkita qabr joylashgan − hozirda aeroport joylashgan yer egalari shu joyga ko‘milishni vasiyat qilgan ekan.
Narsarsuak aeroporti, Grenlandiya
Ushbu aeroportga qo‘nish yo‘lovchilar uchun yo juda ajoyib, yo o‘ta qo‘rqinchli bo‘lishi mumkin. Uchuvchilar esa bu yerga qo‘nguncha ko’plab qoyali orallar orasidan uchib kelishlariga to‘g‘ri keladi.
Kansay xalqaro aeroporti, Yaponiya
Uzunligi 4 kilometr va kengligi 2 kilometr bo‘lgan sun’iy orolda joylashgan ushbu aeroport muhandislik shoh asarlaridan biri hisoblanadi. Afsuski, tez-tez bo‘lib turadigan zilzilalar va to‘fonlar uni eng xavfli aeroportlardan biriga aylantirgan.
Donmiang xalqaro aeroporti, Tailand
Qoq markazida golf maydoni qurilgani sababli ushbu aeroport eng xavfli emas, balki eng g‘alati aeroportlardan biri hisoblanadi.
Paro aeroporti, Butan
Ushbu aeroportga qo‘nish uchun dunyo bo‘yicha bor-yo‘g‘i sakkiz nafar uchuvchi yetarli malakaga ega. Dengiz sathidan 2,4 kilometr balandlikda joylashgan aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagi 1980 metrni tashkil qiladi. Bu ham yetmaganidek, qo‘nish uchun balandligi kamida 5000 metr bo‘lgan tog‘lar orasidan o‘tib kelish kerak.
Kaytak aeroporti, Gonkong
Ko‘pchilik uchuvchilar tomonidan dunyodagi eng qo‘rqinchli aeroport deb baholangan Kaytak 1998-yilda yopib qo‘yilgan.
Barra xalqaro aeroporti, Shotlandiya
Ushbu aeroportda uchish-qo‘nish yo‘lagi sifatida plyajdan foydalaniladi.
Kongonyas aeroporti, Braziliya
Shahar markazidan atigi 8 kilometr uzoqlikda joylashgan ushbu aeroportga har bir qo‘nish xavfsizlik masalasidagi haqiqiy sinov bo‘ladi.
Gisborn aeroporti, Yangi Zelandiya
Ushbu aeroportning qoq markazida temir yo‘l liniyasi o‘tkazilgani sababli uchuvchilar qo‘nishni poyezdlar jadvaliga moslashlari kerak. 2001-yildan boshlab ushbu yo‘ldan faqatgina yuk poyezdlari o‘tkaziladi.
Tensing va Xillari nomidagi aeroport, Nepal
History Channel tomonidan 2010-yilda dunyodagi eng xavfli deb topilgan dengiz sathidan 2900 metr balandlikda joylashga ushbu aeroport uchish-qo‘nish yo‘lagining bir tarafida ulkan tog‘, ikkinchi tarafida tubsiz jarlik joylashgan.
Kurshevel aeroporti, Fransiya
Asosan boylarga xizmat ko‘rsatuvchi Fransiya Alp tog‘larida joylashgan ushbu aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagi 518 metr uzunlikka ega. Eng qizig‘i, yo‘lakning o‘rtasida tepalik joylashgan.
Old Mariskal Sukre xalqaro aeroporti, Ekvador
Ekvador poytaxti Kitoning markazida joylashgan aeroportga atrofdagi tog‘lar, tuman va vulqon tutunlari xalal berib kelgan. Bundan tashqari uchish-qo‘nish yo‘lagi notekis edi. Yaqinda bu aeroport yopilib, yangisi qurilgan.
Tonkotin xalqaro aeroporti, Gonduras
Tog‘li vodiyda joylashgan ushbu aeroportga kirish va chiqish bir yo‘ldan amalga oshiriladi.
Gibraltar aeroporti
Ushbu aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagi avtoyo‘lni kesib o‘tgan. Avtomobillar samolyot o‘tib ketguncha kutib turishlariga to‘g‘ri keladi.
Madeyra aeroporti, Portugaliya
Bir tomoni tog‘, bir tomoni okean bo‘lgan ushbu aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagi ham uzun emas.
Malika Yuliana aeroporti, Avliyo Martin oroli
Karib dengizidagi orollardan birida joylashgan ushbu aeroportga qo‘nish uchun plyaj, devor va avtoyo‘ldan o‘tib borish kerak.
Muzli aeroport, Antarktida
Gustav II aeroporti, Sent-Bartelemi
Tepalik ustida joylashgan ushbu kichik aeroport 20 kishigacha sig‘imga ega samolyotlarga xizmat ko‘rsatadi.
Bamda aeroporti, Tibet
Dengiz sathidan 4000 metr balandlikda joylashgan aeroport dunyodagi eng uzun − 5000 metrlik uchish-qo‘nish yo‘lagiga ega. Tog‘ tepasida kislorod kamligi samolyotlar dvigateliga ham ta’sir qilib, harakatni qiyinlashtiradi.
Saba orolidagi aeroport
Karib dengizida joylashgan ushbu aeroportning 396 metrlik uchish-qo‘nish yo‘lagi okeandan boshlanib, okeanda tugaydi.
Izoh (0)