Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik kengashi Falastinni davlat sifatida tan olish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qilmadi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Falastin davlatini tan olish to‘g‘risidagi rezolyutsiya loyihasi BMT Xavfsizlik kengashi muhokamasiga 17-dekabr kuni kiritilgan edi.
Rossiya loyihani qo‘llab-quvvatlab, bu Falastin – Isroil mojarosiga chek qo‘yishga yordam berishiga ishonishini ma’lum qilgan bo‘lsa, AQSh bu Isroil fuqarolari xavfsizligini ta’minlamasligi vajidan rezolyutsiya qabul qilinishi uchun ovoz bermasligini qayd etgan.
Izoh (0)