Qutqaruvchilar Yava dengizida Air Asia aviakompaniyasiga tegishli samolyot qulagan hududda 40 dan ortiq odam jasadini topdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Avvalroq, Indoneziya hukumati samolyotning yo‘lovchilar saloni eshigi va yuk bo‘limi lyuki topilganini rasman tasdiqlagani xabar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Indoneziyaning Surabaya shahridan Singapurga yo‘l olgan Malayziyaning Air Asia kompaniyasiga tegishli Airbus 320-200 samolyoti noqulay ob-havo sharoiti tufayli Belitung oroli yaqinida suvga qulab tushgani xabar berilgan edi. Samolyot qoldiqlarini izlash uchun 50 ta samolyot va 30 ta kema jalb qilingan.
Izoh (0)