Hindistonning Gvalior shahri shifokorlari 7 yoshli bolaning 80 ta tishini olib tashladi, deb xabar bermoqda The Times of India. Bir necha jarrohlar ishtirok etgan operatsiya to‘rt soatga yaqin davom etgan.
Ismi oshkor qilinmagan bolaning yuqori jag‘ida rivojlanish juda erta boshlangani tufayli tishlar o‘sib chiqqani qayd etilgan.Bolaning ota-onasi shifokorlaga murojaat etmaganida to‘rt yil ichida uning og‘zida 200 dan ortiq tish o‘sib chiqishi mumkin bo‘lgani ma’lum qilingan.
Izoh (0)