Adriatika dengizida Italiyaga tegishli, bortida 466 nafar yo‘lovchi bo‘lgan paromda yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda The Guardian axborotiga tayanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.
Italiyaning The Norman Atlantic paromi Gretsiyaning Patra shahridan Italiyaning Ankona shahriga qarab yo‘lga chiqqandi. Kema Otona orollaridan 33 mil uzoqlikda harakatlanayotganida falokat signalini yuborgan.
Qayd etilishicha, yong‘in paromning 200 tagacha avtomobilni sig‘dira oladigan garaj bo‘linmasida kelib chiqqan, shamol sabab kemaga tarqalib ketgan.
Hozirgi vaqtda parom oldiga boshqa bir parom va ikkita qutqaruv kemasi jo‘natilgan, parom yo‘lovchilari qutqaruv kemasiga olib o‘tilgan, qutqaruv operatsiyasi to‘liq kuch bilan olib borilmoqda.
Yaqin vaqt ichida falokat joyiga yana bir nechta qutqaruv kateri jo‘natilishi aytilmoqda.
Izoh (0)