Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin mamlakat harbiy doktrinasining yangi tahririni ma’qulladi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
“Hujjatga kiritilgan o‘zgartirishlar Rossiya Xavfsizlik kengashining 2014-yil 19-dekabrdagi yig‘ilishida tasdiqlandi”, − deyiladi Rossiya prezidenti ma’muriyati xabarida.
Yangi o‘zgarishlar Ukrainadagi vaziyat va bunga aloqador xalqaro holat, shuningdek, Shimoliy Afrika, Iroq, Suriya va Afg‘onistondagi hodisalar tufayli Rossiyaga nisbatan yangi tahdidlar paydo bo‘lganiga bog‘liqligi qayd etilgan.
Izoh (0)