Tergovchilar sentabr oyida Berlinda o‘tkazilgan IFA ko‘rgazmasida Samsung kir yuvish mashinalarini buzib qo‘yishda ayblanayotgan LG top-menejeri Jo Sin Chin ishi yuzasidan kompaniya shtab-kvartirasida tintuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Menejerning xonasidan ko‘rgazmaga tayyorgarlik ko‘rish jarayoniga oid qattiq disklar va hujjatlar tekshirish uchun olib ketilgan. Shuningdek, tergovchilar LG kompaniyasining Chxanvondagi maishiy texnika zavodini ham borib ko‘rishni rejalashtirmoqda.Eslatib o‘tamiz, IFA 2014 ko‘rgazmasi ochilishidan bir kun oldin Berlindagi gipermarketda joylashgan Samsung kompaniyasining bo‘limida kir mashinalari eshiklarini buzib chiqayotgan erkak qo‘lga olingan edi. Keyinroq u LG kompaniyasining maishiy texnika bo‘limi top-menejeri ekanligi aniqlangan. LG dastlab buni rad etgan bo‘lsa ham, keyinroq raqibining buzilgan kir mashinalarini sotib olishni e’lon qilgan.
Izoh (0)