Buyuk Britaniyaning Daily Mail gazetasi joriy yilning eng bema’ni selfilari ro‘yxatini tuzdi. Bu haqda “Vozduh.afisha.ru” xabar bermoqda.
Mazkur ro‘yxatdan Polshadagi Osvensim nomli o‘lim lageri darvozasi oldida, Berlindagi qurbon bo‘lgan yahudiylarga bag‘ishlangan yodgorlik hamda Sidneyda terrorchilar tomonidan egallab olingan kafe fonida tushilgan selfilar joy oldi.
Antireytingga, shuningdek, marhum buvasi qabri oldida suratga tushgan yigit va qo‘lida buvisining hokini ushlab turgan qizning selfilari ham kiritildi.
Reyting qahramonlaridan yana biri esa Gavayi orollari yaqinida halokatga uchragan avialayner fonida suratga tushgan.
Izoh (0)