LG G3 smartfonining batareyasi portlab ketishi oqibatida telefon sohibasining krovatida kichik yong‘in kelib chiqdi, deb xabar bermoqda “Hi-Tech.Mail.ru.
Qayd etilishicha, qiz o‘z xonasisida kiyimini almashtirayotgan vaqtda quvvat olayotgan smartfon yonib ketgan. Batareya portlagach, qiz qichqirib yuborgan, kattalar esa xonada katta hajmdagi tutunga guvoh bo‘lganini ma’lum qilgan.
Yong‘in o‘chirishga harakat qilingan, biroq olov harorati yuqoriligi tufayli krovat ustidagi ko‘rpa-to‘shakka yong‘in o‘tgan va ularni derazadan uloqtirishga to‘g‘ri kelgan. Oila LG kompaniyasiga ushbu holat yuzasidan murojaat qilgan va hozircha rasmiy javob olmagan.
Izoh (0)